Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi huzurida Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etildi. U davlat xizmatchilarining shaxsiy va professional diagnostikasi, ularning kasbiy bilim darajasini aniqlash maqsadida test sinovlari va psixologik so‘rovlar o‘tkazish bilan shug‘ullanadi.
Davlat organ va tashkilotlarida kadr siyosatini yuritishni baholash bo‘yicha 10 ta indikatordan iborat reyting joriy qilinadi va u har 6 oyda e’lon qilib boriladi. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi buning yordamida davlat idoralaridagi vakansiyalar to‘ldirilishi va muddatlarga rioya qilinishi, xodimlarning qo‘nimsizlik darajasi hamda ish muhitini baholashni rejalashtirayapti.
Adliya vazirligi Ichki ishlar vazirligi tizimidagi «Topilmalar stoli» ni bekor qilib, topilgan narsalarni qabul qilish, saqlash va qaytarish funksiyalarini Davlat xizmatlari agentligiga o‘tkazishni taklif qilmoqda. Kelgusi yilning mart oyidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yo‘qotkan ashyolar haqida xabar berish mumkin bo‘ladi.
Respublika bo‘ylab hokimlarning faoliyati samaradorligini aks ettiruvchi reyting natijalari argos.uz portalida e’lon qilindi. «Viloyatlarning TOP tumanlari» umumiy reytingida Navoiy hamda Xorazm viloyatlari kichik farq bilan yetakchilik qilmoqda. Eng quyi pog‘onani esa Surxondaryo viloyati egallagan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting